«Dakar-2027» rallisi Saudiya Arabistonidan ko‘chiriladi
«Dakar» rallisi tashkilotchilari 2027-yilgi poyga Saudiya Arabistonida emas, balki «hududdagi so‘nggi voqealar bilan bog‘liq» holda boshqa hududda o‘tkazilishini e’lon qildi. Yangi joy yaqin kunlarda ma’lum qilinadi; tarmoq OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada start va Marokashda finish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Bu AQSH va Eron o‘rtasidagi urush sababli sport tadbirlarining ko‘chirilish to‘lqinining bir qismi.
Aziz Karimov