Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylarning 10 ta ballistik raketani mamlakat janubida ushlab oldi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamandagi husiylar tomonidan Saudiya Arabistonining janubiga qaratilgan 10 ta ballistik raketa ushlab olinganini ma’lum qildi. Bu xabardan avval koalitsiya husiylarning qanotli raketasini mamlakat janubi-g‘arbida ushlab olinganini aytgan edi. Xabarda zarar va qurbonlar haqida ma’lumot keltirilmagan.
Aziz Karimov