Avstraliya ikki shimoliy koreyalik kompaniya va ikki «moliyaviy vositachi»ga qarshi sanksiyalar kiritdi
Kanberra Pxenyanning noqonuniy qurol dasturlarini «moliyalashtirgani» uchun KXDRning ikki kompaniyasi va ikki fuqarosi — Sim Xyon Sop hamda Yu Pxen Un —ga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tashqi ishlar vaziri Penny Wongning bayonotiga ko‘ra, sanksiyalar Sanksiyalarni ko‘p tomonlama monitoring qilish guruhining xulosalari asosida kiritilgan va Yevropa Ittifoqi jumladan xalqaro hamkorlar bilan muvofiqlashtirilgan.
Sevara Azamova