Xitoy 18-noyabrdan boshlab dronlar eksportini litsenziyalashni joriy qiladi va maxsus texnikani “nozik” mamlakatlarga yetkazib berishni cheklaydi
Xitoy Savdo vazirligi eksport nazoratini qayta ko‘rib chiqishini e’lon qildi: 2026-yil 18-noyabrdan boshlab dronlar va asosiy komponentlarni eksport qilish uchun ruxsat talab qilinadi, Pekin bilan nizolari bor mamlakat va hududlarga maxsus qurilish texnikasini yetkazib berish esa cheklanadi. Qoidalar milliy xavfsizlikka havola qilib, bojxona va Markaziy harbiy kengash huzuridagi Qurollanishni rivojlantirish boshqarmasi bilan birga e’lon qilindi.
Dilnoza Rahimova