Isroilda «konvertli» byulletenlarning taxminan 6 foizi sanildi: Knessetdagi vaziyat o‘zgarishi mumkin
Isroilda deyarli 500 ming «qo‘shma konvert» byulletenidan 29 253 tasi, ya’ni taxminan 6 foizi qayta ishlangan. Markaziy saylov komissiyasi sanovni kechqurunga qadar yakunlashga umid qilmoqda. Oddiy byulletenlar qayta ishlangandan keyin Binyamin Netanyaxu bloki 53 mandat, Gadi Eyzenkot boshchiligidagi muxolifat 48, arab partiyalari esa 19 mandatga ega va hech bir blok 120 mandatdan 61 mandatlik ko‘pchilikka erisha olmaydi.
Aziz Karimov