VOZ: qörğoşin ta’siri har yili dunyoda 3,5 milliondan ortiq ölim bilan boğlanadi
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (VOZ) davlatlarni aholini qörğoşin bilan zaharlanişdan himoya qiliş çoralarini kuçaytirişga çaqirdi. Taşkilotning baholaşiça, qörğoşin ta’siri har yili 3,5 milliondan ortiq ölimga sabab bölmoqda, yuzlab millionlab bolalar esa xavf ostida. Bayonot xalqaro qörğoşin bilan zaharlanişning oldini oliş haftaligi (18–24 oktyabr) arafasida qilingan.
Aziz Karimov