Toshkentda Gentra avtomobilining bagajida «Regapen» preparatining 978 qadoq topildi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi. B.A. fuqaro boshqarayotgan Gentra avtomobilining bagajida sotish maqsadida olib borilgan, departament ma’lumotlariga ko‘ra, «Regapen»ning 978 qadoq topildi. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning qonunsiz muomalasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari davom etmoqda.
Sevara Azamova