Nevrolog o‘zgaruvchan qo‘lyozma qanday kasalliklarga ishora qilishi mumkinligini tushuntirdi
Nevrolog shifokor Yekaterina Demyanovskaya «Gazeta.Ru» nashriga barqaror yoki keskin o‘zgargan qo‘lyozma markaziy asab tizimining patologiyalari — Parkinson kasalligidan bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishigacha — alomati bo‘lishi mumkinligini aytdi. Mikrografiya Parkinson kasalligining erta belgisi bo‘lishi mumkin, qo‘lyozmaning to‘satdan yomonlashishi esa darhol nevrologga murojaat qilish uchun sababdir.
Javlon Tursunov