Samarqandda 7400 soxta dollarni 44 mln so‘mga sotishga urinayotgan uch erkak ushlandi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati, bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari Samarqandda Tayloq tumanida yashovchi uch shaxsni 7400 AQSh dollari miqdoridagi soxta 100 dollarlik kupyuralarni 44 mln so‘mga sotishga urinayotgan holda ushladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, soxta kupyuralar Turkiyadan olib kelingan. Ushlanganlardan ikkisi ilgari sudlangan.
Aziz Karimov
