Bangladeshda qizilo‘rdan bolalar o‘limi 1200 dan oshdi
Bangladesh rasmiylari qizilo‘rga bog‘liq o‘limlar soni yana beshta bola vafot etgani haqida xabar berganidan keyin 1201 taga yetganini ma’lum qildi. Mart o‘rtasidan buyon gumonlanayotgan holatlar 214 mingdan oshdi, tasdiqlanganlari — 23 mingdan ziyod. Apreldan buyon 20 milliondan ortiq bola emlandi.
Aziz Karimov