«Qizil & Oq» yetkazib berish hajmlarini cheklab, qimmat alkogolni BPA hujumlari xavfidan himoya qilmoqda
«Qizil & Oq» alkogol do‘konlari tarmog‘i omborlarda zaxiralar to‘planib, dronlar hujumida yo‘q qilinish xavfiga duch kelmasligi uchun yetkazib beruvchilardan bir vaqtda furaning uchdan bir qismini qabul qilishni kamaytirmoqda. Buni «Kommersant» oziq-ovqat bozori manbalariga tayanib yozdi. Kompaniya omborlarda saqlanadigan hajmlarni kamaytirish va do‘konlarga yetkazishni tezlashtirish uchun turli yondashuvlarni sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqladi. Yetkazib beruvchilar logistika xarajatlarining oshishidan norozi. Ushbu chora yozda tuzilgan, BPA hujumlari paytida mahsulot uchun javobgarlikni olib tashlagan qo‘shimcha kelishuvni almashtiradi — kompaniya OMM e’lonlaridan keyin uni qaytarib olgan edi.
Sevara Azamova