Japarov etnik qirğizlarga fuqarolik va pasportni bir kun içida rasmiylaştirişni topşirdi
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Botken şahri aholisi bilan uçraşuvda mas’ul şaxslarga etnik qirğizlarga fuqarolik va pasportni bir kun içida rasmiylaştirişni topşirdi. Bunga sabab Botken tumanida yaşovçi ayolning murojaati böldi: u Özbekistondan kelgan, qirğiz millatiga mansub erkakka turmuşga çiqqan va uzoq vaqt davomida Qirğiziston fuqaroligini ola olmaganini aytgan. Prezident mas’ul şaxslarga bu ayolning muammosini hal qilişni buyurdi va etnik qirğiz bölgan şaxsga fuqarolik hamda pasport bir kun içida berilişi kerakligini bildirdi. Uning sözlariga köra, Afğonistondan va Tojikistondan kelgan etnik qirğizlar hozirgaça qayrilman maqomiga ega.
Aziz Karimov