QatarEnergy Cheniere bilan 2054-yilgacha yiliga 4 mln tonnagacha SPG xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzdi
QatarEnergy amerikalik Cheniere bilan Sabine Pass (Luiziana) va Corpus Christi (Texas) zavodlaridan yiliga 4 mln tonnagacha SPG xarid qilish bo‘yicha ikkita uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Yetkazib berishlar 2031-yilda boshlanib, 2054-yilgacha FOB shartlari bo‘yicha davom etadi. Narx Henry Hub benchmoriga bog‘langan va qat’iy ustama qo‘shiladi; hajmlarning bir qismi Sabine Pass kengaytirilishi bo‘yicha yakuniy investitsiya qaroriga bog‘liq.
Javlon Tursunov