Isroil harbiylari tashlab ketilgan uyni portlatib, Suriya janubidagi qishloq xo‘jaligi yerlariga o‘t ochdi
Suriya davlat OMM ma’lumotlariga ko‘ra, isroil kuchlari Qunaytra viloyatining shimoliy qishloq hududidagi Hamidiya shahrida tashlab ketilgan uyini portlatdi va Qudna shahri atrofidagi qishloq xo‘jaligi yerlariga pulemyotdan o‘t ochdi. Jabrlanganlar haqida xabar yo‘q. Hodisalar 2024-yil dekabrda Bashshor Asad rejimi qulaganidan keyin Suriya janubiga isroil qo‘shinlarining takroriy kirib kelishlari fonida sodir bo‘lmoqda.
Sevara Azamova

