Kardiolog oxirgi chashka qahva ichish kerak bo‘lgan vaqtni aytdi
Kardiolog Markos Kayro braziliyalik Metropoles nashri bilan suhbatda qahvani uyquga kamida olti- sakkiz soat qolganda ichishni maslahat berdi. Kofeinning yarim chiqarilish davri o‘rtacha besh-olti soatni tashkil etadi, shuning uchun kechki chashka uyquga ketish va uyqu sifatini yomonlashtirishi mumkin. Shifokor bu tavsiya — yo‘nalish ekanligini, chunki ta’sir dozaga va individual xususiyatlarga bog‘liqligini ta’kidladi.
Sevara Azamova