Xitoyda XKP MK beşinçi plenumi oçildi: 300 ga yaqin qatnaşçi «intizomni kuçaytiriş»ni muhokama qilmoqda
Pekinda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining tört kunlik yopiq plenumi boşlandi. AFP va BBC ma’lumotlariga köra, Markaziy qömitaning 300 ga yaqin a’zosi korrupsiyaga qarşi kuraş va kadrlar sadoqatini muhokama qiladi. Yiğiliş partiya qurultoyidan bir yil oldin ötkazilmoqda, unda Si Szyanpin kutilganidek tarixiy törtinçi muddatga saylanadi. Yakuniy natijalar payşanba kuni e’lon qilinadi.
Aziz Karimov