O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab pensiya tayinlashning ixcham raqamli tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 19-oktyabrdagi qarori Pensiya fondining tuman va shahar bo‘limlarini 2027-yildan boshlab raqamli formatga o‘tkazishni nazarda tutadi. 2026-yilning oktyabrdan dekabrigacha yangi yondashuv Andijon, Samarqand, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, chet elda yashovchi pensionerlarga pensiya olish huquqini MyID orqali tasdiqlash imkoniyati beriladi.
Sevara Azamova
