Samarqand viloyatida Cobalt va elektroskuter töqnaşuvida ikki kişi halok böldi
9-oktyabr soat 13:00 atrofida Samarqand viloyatining Payariq tumanida 4K-560 avtomobil yölining 14-kilometrida Cobalt avtomobili elektroskuter bilan töqnaşdi. YHXB ma’lumotiga köra, Cobalt haydovçisi tösatdan yölning öng tomonidan çiqqan velosipedçiga urib yubormaslik uçun çapga burilib, boşqaruvni yöqotib qarama-qarşi yölka çiqqan. Skuterdagi ikki yölovçi halok bölgan — Kun.uz ma’lumotiga köra, 57 yoşli ayol va uning ikki yoşli nabirasi. Skuter haydovçisi oğir holatda kasabxonaga yotqizilgan. Jinoy işi qözğatilgan.
Sevara Azamova