Şavkat Mirziyoyev Rustami Émomaliyni Özbekiston-Tojikiston munosabatlariga qoşgan hissasi uçun orden bilan mukofotladi
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4-noyabrda Tojikiston parlamenti yuqori palatasi raisi Rustami Émomaliyni «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotladi. Rasmiy taşrif çoğida tomonlar iqtisodiy körsatkiçlarning ösişini muhokama qilib, qoşma loyihalarni amalga oşirişda parlament tuzilmalarining rolini kuçaytiriş haqida kelişib oldi.
Aziz Karimov