Yangiliklar

Özbekiston

«Özbekiston» mavzusidagi yangiliklar: voqealar, faktlar va tafsilotlar — tafs uz.

686 maqola

Özbekiston va taşqi migratsiya: raqamlar nima deydi

2026-yilning birinçi yarmida Özbekistondan doimiy yaşaş uçun xorijga 5422 kişi ketgan. Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 129 kişi, ya'ni 2,3 foizga past. 2023-yilning yanvar - iyunida 9004 kişi, 2024-yilning birinçi yarmida esa 5066 kişi köçib ketgan edi. Şunday qilib, 2026-yilgi raqam 2023-yilga qaraganda deyarli 40 foizga past, 2024-yildan biroz yuqori. Sotsiologik tahlilda bitta yillik körsatkiçni kontekstdan taşqarida talqin qilmaslik muhim. Batafsil ma'lumot "Darakçi plyus" gazetasining 42-sonida berilgan.

1 daq. öqiş

Özbekistonda çaqiruvçilarga kitob öqiş uçun xizmat muddati bir oyga qisqartirilişi mumkin

Özbekistonda kitob öqiş böyiça respublika tanlovida yuqori natijalarga erişgan çaqiruvçilar uçun muddatli harbiy xizmat muddatini bir oyga qisqartiriş taklif etilmoqda. Tegişli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi. Hujjatda qayd etilişiça, bu çora harbiy xizmatçilar orasida kitob öqişni ommalaştiriş va öqiş madaniyatini rivojlantirişga qaratilgan. Qonun loyihasi, şuningdek, Özbekistonning oliy harbiy öquv muassasalari va uçuvçilarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan xorijiy harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilari bilan yangi şartnomalar tuziş uçun huquqiy asoslar yaratişni nazarda tutmoqda.

1 daq. öqiş