Oltinsoy tumanidagi quvilish bilan kechgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng DYO inspektoriga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida haydovchilik guvohnomasi yo‘q Captiva avtomobil haydovchisi DYO inspektori majburiy to‘xtash haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirib, quvish paytida baxtsiz hodisaga uchragan. Boshqa avtomobil bilan to‘qnashuv oqibatida bir kishi jarohat olgan. Politsiya xodimining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi, prokuratura esa sudgacha bo‘lgan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Javlon Tursunov