Olga Orlova biznes boshlamaslikni maslahat berdi va o‘z kiyim brendining muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi
Qo‘shiqchi va teleboshlovchi Olga Orlova Telegram-kanalida moliyaviy jihatdan savodxon odam hozirgi paytda Rossiyada biznes ochmas, dedi. U o‘z loyihasi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini tan oldi: uning so‘zlariga ko‘ra, marketpleyslar komissiyasi tushumni «yutib yuborgan», tovar esa tovonsiz yonib ketgan. Bundan oldin aktrisa Galina Bob ham marketpleys siyosati tufayli kiyim do‘koni yopilgani haqida xabar bergan edi.
Aziz Karimov