Qirğiziston soxta iş eʼloni orqali armiyaga jalb qilingan fuqarosi sababli Rossiya Taşqi işlar vazirligiga nota yubordi
Qirğizistonning Rossiyadagi elçixonasi qarindoşlari aytişiça, Rossiyaga haydovçi işi eʼloni böyiça kelgan, biroq Voronej viloyatidagi poligondagi harbiy qismga yuborilgan 21 yoşli Elistan Töqtoğulovni vatanga qaytarişni talab qildi. Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi masalani maxsus nazoratda saqlamoqda; ilgari Qozoğiston ham xuddi şunday yöl bilan 13 fuqarosini qaytarib olgan edi.
Aziz Karimov