NFL o‘yinchilar kasaba uyushmasi Jalen Xurtsga ko‘rsatilgan tibbiy yordam bo‘yicha tekshiruv talab qilmoqda
«Filadelfiya» kvoterbeki Jalen Xurts chuqur vena trombozi va o‘pka arteriyalarining ikki tomonlama tromboemboliyasi tufayli jarohatlanganlar zaxirasiga o‘tkazildi va, ehtimol, mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. O‘yinchilar kasaba uyushmasi (NFLPA) unga ko‘rsatilgan tibbiy yordam bo‘yicha to‘liq tekshiruv o‘tkazilishini talab qilmoqda, liganing bosh shifokori Allen Sills esa klub tibbiy xodimlariga ishonch bildirdi. The Athletic ma’lumotlariga ko‘ra, liga jamoani jazolashni niyat qilmagan.
Sevara Azamova