Tibetda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 halok böldi, yuzlab uylar vayron böldi
22-oktabr kuni keçqurun Xitoyning Tibet muxtor rayoni (Sitszan) Nagçu şahar okrugi Bağen tumanida 7 magnitudali zilzila sodir böldi. Xitoy davlat OMM ma’lumotlariga köra, kamida 16 kişi halok böldi; jarohatlanganlar soni haqidagi ma’lumotlar farq qiladi — 32 dan 60 dan ortiqgaça. Kamida 339 uy va 20 xöjalik binosi yiqildi, aloqa uzildi, poyezdlar harakati töxtatildi va G317 magistralining bir qismi yopildi. Si Szyinpin har tomonlama qutqaruv operatsiyasini buyurdi; javob darajasi III darajaga kötarildi.
Javlon Tursunov
