O‘zbekiston Majburiy ijro byurosi 54,8 trillion so‘m undirdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 14,4 trillionga ko‘p
2026-yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari 54,8 trillion so‘m undirgan, bu o‘tgan yilning mos davri ko‘rsatkichidan 14,4 trillion so‘mga yuqori. Ma’lumotlarni Byuro Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov brifingda ma’lum qilgan. Undirilgan mablag‘ning 36,7 trillion so‘mi davlat foydasiga, 16,5 trillioni tadbirkorlar va boshqa subyektlarga, 1,6 trilliondan ortig‘i fuqarolarga yo‘naltirilgan. Shuningdek, 3 trillion so‘m nafl undirilgan.
Aziz Karimov