Sankt-Peterburgda xonanda Svetaning konsertida «Mening yoshlarim» qo‘shig‘i ijro etilayotganda tomoshabin ayollar mushtlashuv uyushtirdi
24-oktabr kuni kechqurun Sankt-Peterburgdagi Bronnitskaya ko‘chasidagi «Kosmonavt» klubida xonanda Svetaning yakkaxon konserti chog‘ida klubning ikkinchi qavatida ikki ayol o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Ularni tinchlantirish erkakka va klub qo‘riqchilariga to‘g‘ri kelgan. Sveta chiqishni to‘xtatmadi. Jabrlanuvchilar va politsiyaga murojaatlar haqida ma’lumot yo‘q, konflikt sabablari noma’lum.
Aziz Karimov
