Ukrainalik motoplaner bilan Moldova chegarasini kesib o‘tib, boshpana so‘radi
26-oktabrda Ukraina fuqarosi motoplaner bilan Chernovtsi — Larga yo‘nalishi bo‘yicha Moldova chegarasini kesib o‘tgan. Moldova chegara qo‘riqchilari ukrainalik hamkasblardan olgan ogohlantirishdan so‘ng erkakni ajratish chizig‘idan taxminan ikki kilometr uzoqlikda topgan. Tekshiruv chog‘ida u boshpana so‘ragan. Tergov davom etmoqda, uning so‘rovi bo‘yicha hozircha qaror qabul qilinmagan.
Aziz Karimov



