MIK Kara-oolga Davlat dumasi deputati mandatini topshirdi — Tuvistonning sobiq rahbari
Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Davlat dumasi IX chaqiriq deputatining bo‘sh mandatini Sholban Kara-oolga («Yagona Rossiya») topshirishga qaror qildi. Kara-ool ilgari quyi palata vitse-spikeri bo‘lgan va 2007–2021-yillarda Tuvistonga rahbarlik qilgan. Mandat Irina Yeliferovaning vakolati tugatilganidan keyin bo‘shagan.
Javlon Tursunov