Vengriya Markaziy banki sobiq raisi Dyordy Matolchi moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha qo‘lga olindi
Vengriya Milliy banki sobiq raisi, Viktor Orban safdoshi Dyordy Matolchi 21-oktabr ertalab isrofgarchilik va firibgarlik tergoviga aloqador holda qo‘lga olindi. Ayblovlar bank binosining rekonstruksiyasi va Markaziy bank mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan jamg‘armalar investitsiyalariga tegishli. Advokat firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha shubhalarni tasdiqladi.
Javlon Tursunov