Davlat Dumasi oliy ta'lim muassasalariga kamida 70 foiz mashg'ulotni kunduzgi o'tkazishni majburiy qilishni taklif qildi
LDPRdan Davlat Dumasi deputati Kaplan Panesh kunduzgi dasturlarda auditoriya mashg'ulotlari ulushini kamida 70 foizga tenglashtirishni qonun bilan mustahkamlashni, talabalar roziligisiz va to'lovni qayta hisoblashsiz dasturlarni masofaviy formatga bir tomonlama o'tkazishni taqiqlashni, o'qituvchilar shtatini qisqartirishga moratoriy joriy qilishni hamda universitetlarga o'qitish formatlarining real nisbati haqida ma'lumot e'lon qilishni majburiy qilishni taklif qildi. Bunga sabab kunduzgi o'qish uchun pul to'lab, videokurslarga havolalar oluvchi talabalarning shikoyatlari bo'ldi.
Aziz Karimov


