Tojikiston Ichki ishlar vazirligi folbinlar, ularning mijozlari va qarindoshlarini yagona maʼlumotlar bazasiga kiritadi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi folbinlar, jodugarlar, fohishalar va ularning mijozlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari kiritiladigan yagona maʼlumotlar bazasi yaratish rejasini maʼlum qildi. Reyestrga, shuningdek, giyohvandlikka berilganlar va tegishli maʼlumotga ega bo‘lmagan diniy arboblar kiritilishi rejalashtirilmoqda. 2026-yilning birinchi yarmida Dushanbeda folbonlikning 93 holati aniqlandi, besh kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Javlon Tursunov