Putin Trampning iltimosiga ko‘ra yollanma sifatida hukmlangan amerikalik Stiven Hubbardni ozod qildi
Vladimir Putin 2024-yilda Ukraina tomonida yollanma sifatida qurolli to‘qnashuvda qatnashgani uchun umumiy rejimdagi koloniyada olti yil o‘n oyga hukm etilgan 72 yoshli amerikalik Stiven Hubbardni ozod qildi. Qaror Donald Trampning iltimosiga va mahkumning salomatlik holatini hisobga olib qabul qilindi. Hubbard AQShga yuborilish uchun Pulkovo aeroportiga yetkazildi.
Javlon Tursunov