Ketlin Kennedi Los-Anjeles-2028 Olimpiyasi marosimlarini tayyorlashga rahbarlik qiladi
2028-yilgi o‘yinlar tashkilotchilari «Oskar» sohibi prodyuser Ketlin Kennedini marosimlar va kontent bo‘yicha rahbar etib tayinladi. U Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlariga ijrochi prodyuser bo‘ladi, o‘yinlarning rasmiy shiori esa «Stars Align» iborasi tanlandi.
Aziz Karimov
