Makron Fransiyadagi noroziliklarga chet el aralashuvini istisno qildi, ammo ma’lumotlarni manipulyatsiya qilishni qoraladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron noroziliklarda «ko‘rinadigan chet el aralashuvi»ni ko‘rmaganini, ammo «ma’lumotlarni chet el tomonidan manipulyatsiya qilish», jumladan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlar mavjudligini qayd etganini bildirdi. U «chet el rahbarlari»ning izohlarini ham qoraladi. Noroziliklar sentyabr oxirida ta’lim sohasidagi muammolar tufayli boshlangan; 17-oktyabrda ko‘chalarga yarim milliondan ortiq odam chiqdi, yangi aksiyalar 24-oktyabrga rejalashtirilgan.
Javlon Tursunov