Kvaratsxeliya «Barselona»ga qarshi o‘yinda tizza jarohati oldi — PSG oldingi xoch bog‘im uzilishidan xavotirda
«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya 20-oktyabr kuni «Barselona»ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida o‘ng tizzasini jarohatladi. L’Équipe ma’lumotiga ko‘ra, klub oldingi xoch bog‘im uzilishidan xavotirda, bu esa o‘yinchining mavsum qolgan qismini o‘tkazib yuborishiga olib kelishi mumkin. Jarohat og‘irligini aniqlash uchun 21-oktyabrga MRI belgilangan.
Javlon Tursunov
