Kosonsoy tumani hokimining örinbosari quyoş panellari uçun 65 mln söm olgan holda hibsga olindi
DXSning Namangan viloyati böyiça xodimlari Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan birgalikda Kosonsoy tumani hokimining örinbosarini hibsga oldi. DXS ma’lumotlariga köra, u tadbirkordan öz uyiga 20 kVt quvvatga ega quyoş panellarini örnatib berişni talab qilib, aks holda ijaraga berilgan yer uçastkasini boşqa tadbirkorga ötkazib yuboriş bilan qörqitgan. Mansabdor 65 mln söm olgan holda xizmat avtomobilida moddiy dalillar bilan hibsga olindi. JK 210-moddasi (poro oliş) böyiça iş qözğatildi, tergov ötkazilmoqda.
Aziz Karimov