Koloradoda namoyişçilarni yoqib yuborişda gumon qilingan şaxs federal ayblovlari böyiça aybni tan oldi
Misr fuqarosi Muhammad Sulaymon 2025-yil iyun oyida Koloradoda namoyişçilarga qarşi qilingan hujum uçun nafrat asosidagi jinoyatlar böyiça federal ayblovlari bilan aybni tan oldi. Avval u ştat ayblovlari, jumladan birinçi darajali qotillik böyiça umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan edi. Prokurorlar qöşimça 50 yillik jazo talab qilmoqda. «Ozodlik Palestina» şiori ostida qilingan hujumda 82 yoşli ayol halok bölgan, yana 12 kişi jarohatlangan.
Aziz Karimov