Polsha Kaliningrad viloyati chegarasidagi qo‘shinlar uchun K2 «Qora pantera» tanklarining yangi partiyasini oldi
Polsha qurollanish agentligi Branewo hududida joylashgan 16-mexanikalashgan diviziyaga Janubiy Koreyaning K2 «Qora pantera» tanklarining yangi partiyasi topshirilganini ma’lum qildi. Mashinalar soni oshkor etilmadi. Yetkazib berishlar Varshava va Seul o‘rtasidagi 2022-yilgi, mingtagacha tankni nazarda tutuvchi kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.
Sevara Azamova
