Samarqand viloyatida o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: hokimiyat tekshiruv boshladi
Jomboy tumanidagi 18-sonli maktabda o‘qituvchi, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, 23-oktabr kuni fizika darsida 8-«G» sinf o‘quvchisini kaltaklagan. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi voqeani tasdiqlab, vaziyat ishchi guruh tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Sevara Azamova