Yangi Zelandiya parlamenti spikeri: deputatlarga qarşi tahdidlar «astronomik» darajada oşdi
Yangi Zelandiya parlamenti spikeri Jerri Braunli sönggi uç yil içida qonun çiqaruvçilarga qarşi tahdidlar keskin köpayganini ma’lum qilib, bu xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga va politsiya bilan yaqinroq hamkorlikka olib kelganini aytdi. Parlament xavfsizlik xizmati oktabrning uç haftasi içida 216 murojaatni körib çiqqan. Braunli duşmanlikning ösişini iqtisodiy bosim, jamiyat noroziligi va global beqarorlik bilan boğladi.
Javlon Tursunov