Jazayir parlamentining yuqori palatasi Nigerga harbiy bo‘linma yuborishni ma’qulladi
Millat kengashi — Jazayir parlamentining yuqori palatasi — yopiq majlisda Nigerga Xalq milliy armiyasi bo‘linmasini joylashtirish to‘g‘risidagi prezident qarorini bir ovozdan ma’qulladi. Kengash a’zolari aytishicha, gap qo‘shni mamlakatdagi jazayirlik Sonatrach kompaniyasining neft loyihalarini qo‘riqlash haqida. Quyi palata o‘sha kuni kechqurun ovoz berishi kerak.
Aziz Karimov