Otar Kushanashvili Milonovning antidepressantlarni taqiqlash haqidagi so‘zlarini «jinoyat» deb atadi
Shoumen Otar Kushanashvili «Qanday?!» ko‘rsatuvida Davlat Dumasi deputati Vitaliy Milonovning antidepressantlarni taqiqlash zarurati haqidagi bayonotini tanqid qildi. Milonov dori qabul qilishni o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik va gomoseksualizm xavfi bilan bog‘lab, ularni tayinlashni qat’iylashtirishga chaqirgan edi. Kushanashvili bitta gap bilan «millionlab odamlarning sog‘ayish umidlarini yo‘qqa chiqarish» — jinoyat deb bildi.
Sevara Azamova
