O‘zbekiston Janubiy Koreyada ishga joylashtirish xizmatlari narxini besh barobar arzonlashtirdi
O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktorining 2026-yil 19-oktyabrdagi buyrug‘i bilan chiqish oldidan tayyorlash va chet elda ishga joylashtirish uchun yangi tariflar tasdiqlandi. E-9 vizasi bilan Janubiy Koreyaga chiqadiganlar uchun to‘lov 50 BRVdan 10 BRVgacha — 22 mln somdan 4,4 mln somgacha kamaytirildi. 2026-yil 31-dekabrgacha agentlik xizmatlari Yevropa, Rossiya va arab mamlakatlariga chiqadiganlar uchun bepul. Tariflar 20-oktyabrdan kuchga kirdi va avval tuzilgan shartnomalarga taalluqli emas.
Javlon Tursunov