Apple yangi iPhone modellari uçun amerikalik işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikni kengaytiradi
Apple American Manufacturing Program doirasida Perryman Company va Qnity Electronics bilan yangi hamda kengaytirilgan şartnomalar e’lon qildi. Perryman birinçi bukiladigan iPhone Duo uçun kamida 80% qayta işlangan materialni öz içiga olgan titan yetkazib beradi, Qnity esa iPhone 18 Pro kamerasi uçun plyonkalar işlab çiqaradi. Apple uç yil içida 100 million dollargaça sarmoya kiritiş majburiyatini oldi.
Sevara Azamova