28-oktabrdagi maqsadli kirish imtihonlariga ruxsatnomalar e’lon qilindi
Davlat test markazi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun maqsadli kvotalar (1452 kvota) hamda Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun (200 kvota) sinov testlarida qatnashish ruxsatnomalarini e’lon qildi. Imtihonlar 2026-yil 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi; ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetda mavjud.
Sevara Azamova

