Tramp Yevropani migratsiya siyosatini o‘zgartirishga chaqirdi, uning «yo‘qolib qolishi» haqida ogohlantirib
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga bayonot berib, Yevropa o‘zgarishi kerak, aks holda «undan hech narsa qolmaydi», deb ta’kidlab, immigratsiyani qit’aning asosiy muammosi deb atadi. Konkret chora-tadbirlarni u aniqlatmadi. Avval, 2-oktyabr kuni u Yevropa «tiriklayin yeb qo‘yilmoqda», degan edi.
Sevara Azamova
