O‘zbekistonda Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsiya sohasi xodimlari bilan uchrashuvda Ibn Sino nomidagi davlat mukofotini ta’sis etishni taklif qildi. Shuningdek, u soha vakillaridan iborat bir guruhga mukofotlar topshirdi va birlamchi tibbiy yordamning pilot tizimi natijalari haqida so‘zladi: 28 tumanda 7 mln aholi oilaviy shifokorlarga biriktirilgan, kelgusi yildan model yana 100 tumanda joriy etiladi.
Javlon Tursunov

