Yaponiya qirğoqlari yaqinida magnitudasi 6,1 bölgan zilzila sodir böldi
Magnitudasi 6,1 bölgan zilzila Honsyu orolining şarqiy qirğoği yaqinidagi Tinç okeanida qayd etildi. Epitsentr Narita şahridan 199 km janubi-şarqda, 10 km çuqurlikda joylaşgan. Jabrlanganlar va vayronagarçiliklar qayd etilmagan, sunami xavfi bölmagan, biroq «Tokai-2» AESi işi vaqtinça töxtatilgan va Tokiodan ketayotgan tezyurar poyezdlar qat‘ovi uzilib qolgan.
Aziz Karimov