Davlat dumasiga panoh hayvonlari uchun soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
«Yangi odamlar» fraksiyasi deputatlari panohdan mushuk yoki it olgan rossiyaliklarga hayvon parvarishi xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliq imtiyozini berishni taklif qildi. Imtiyoz uch yil davomida amal qiladi, chegara — har yili bir hayvon uchun 50 ming rubl xarajat, bu 13% daromad solig‘i stavkasida yiliga 6,5 ming rublgacha qaytarish imkonini beradi.
Sevara Azamova